Qadim o‘tmish zamonda, uzoq chekka qishloqda ‘’1000 ko‘zguli uy ‘’deb nomlanuvchi makon bo‘lgan ekan. Hayotidan xursand bo‘lib kezadigan bir kuchukcha bu maskan haqida eshitib, o‘sha yerga oshiqibdi. Kuchuk o‘sha uyga kelib, xursandchilik bilan zinalardan ko‘tarilibdi. Quloqlari ding, dumlari o‘ynab turgan kuchukcha eshikni ohista ochib, ichkariga tezlik bilan kirib ketibdi. Ichkarida uni ajoyib sovg‘a kutib turgan edi. Unga dumlarini likkilatgan 1000 ta kuchukcha qarab turishardi. U itlarga tabassum sovg‘a qilgan edi. 1000 ta kuchukcha uning o‘ziga ham xuddi shunday tabassumni qayta sovg‘a qilishdi. Uydan ayrilarkan o‘z-o‘zicha dedi: "Qanday ajoyib maskan, bu yerga tez-tez kelib turish kerak ekan.” Xuddi shu qishloqda hayotidan unchalik mamnun bo‘lmagan, har narsadan yomonlik topadigan boshqa bir kuchukcha ham yashar edi. U ham o‘sha 1000 ko‘zguli uyga sayohat qilmoqchi bo‘libdi. U zinalardan istaksizlarcha ko‘tarilib, boshini yerga eggan holda uyga kirib kelibdi. Uyga kirganda unga 1000 ta kuchuk norozi qiyofada boqib turar edi. U bu kuchuklarga jahl bilan irillagan edi, xuddi shunday mingta irillash javobini oldi. So‘ngra u zudlik bilan u uyni tark etarkan shunday xayol surdi: "Bunchalik fayzsiz joy, bu yerga qaytib kelganim bo‘lsin.” Ushbu hikoyadagi 1000 ko‘zguli uy biz yashayotgan dunyo. Undagi yuzlar esa o‘sha uydagi ko‘zgular hisoblanadi. Ularning yuzlarida esa siz o‘z aksingizni ko‘rasiz.