Juma, 29-March-2024, 01:42
Assalomu alaykum, hurmatli Guest |RSS   
ZIYO
Sayt menyulari
Fikr-mulohazalar
200
So'rovnoma
O'zbekistondagi qaysi partiya sizningcha eng xalqchil?
Jami javoblar: 104
Statistika

Onlayndagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Ro'yxatdan o'tish

Abituriyent

                                                 Toshkent davlat yuridik instituti

Huquqiy masalalarning yechimi davlat miqyosida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham mazkur sohadagi yetuk mutaxassislarni tayyorlab berish dolzarb vazifa  hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda Toshkent Davlat yuridik instituti o‘qituvchi-professorlari  tinimsiz mehnat qilishmoqda. Har yili bu dargohni bitirgan 400 ga yaqin yigit-qiz huquqni muhofaza qilish idoralarida o‘z mehnat  faoliyatlarini olib borishadi. 

Mazkur oliy o‘quv yurtida birgina Yurispuridensiya yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlar qabul qilinadi. Va talabalar bu yo‘nalishni tugatib, o‘zlariga mos sohalrda  ishlashlari mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, quyidagi sohalarda ish olib borishlari mumkin:

1. Davlat boshqaruvi. Barchamizga ma’lumki, davlat boshqaruvi qonun chiqaruvchi palata hamda yuqori palata —Senatdan tashkil topgan. Yangi qonunlarni ishlab chiqish hamda uni bajarmagan shaxslarga nisbatan ko‘riladigan jazo turlarini belgilashda yuristlarga ehtiyoj seziladi. Yanayam aniqrog‘i qonun chiqaruvchi palataning asosiy qismini yuristlar va huquq sohasidan xabardor deputatlar  tashkil qilishadi.

2. Prokuratura organlarida. Hayotimizda sodir bo‘layotgan jinoiy ishlarga qarshi huquqni muhofaza qilish organlari  kurashadi. Prokuratura esa  ana shu organlardan biri va mazkur tizimda tergov va  surishturuv ishlari olib boriladi. Bu organning xodimlari esa ushbu yo‘nalish bitiruvchilari hisoblanishadi. 

3. Sud organlarida. Qonun chiqaruvchi organlar qonunlarni qabul qilsa, sud organlari esa qonunlar asosida odil sudlovni amalga oshiradi. Shunday qilib, sud hokimiyati tizimining  bosh vazifasi inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni hal etish, aholi va davlat organlari  hamda qonunlarning  ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdir. 

Ko‘riladigan masalalarga qarab sudlar: xo‘jalik (yuridik shaxslar, firmalar, korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi  xo‘jalik ishlariga oid masalalar bo‘yicha), fuqarolik (fuqarolarning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha), jinoyat ishlari bo‘yicha (jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan bandlar bo‘yicha masalalar) va harbiy sudlarga bo‘linadi. Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari o‘z qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, ushbu sud organlaridan birida faoliyat ko‘rsatishlari  mumkin. 

4. Advokatlik firmalarida. Qaysidir muammo  bo‘yicha yuqoridagi organlardan biriga ishi tushgan odam o‘zining haq-huquqlarini to‘liq bilmasligi mumkin. Bunday holatda esa  mazkur soha vakillaridan birining yordamiga ehtiyoj seziladi. Fuqarolarning huquqiy himoyalanishini  ta’minlovchi kasb egalari advokatlar hisoblanadi. Hozir yuridik va jismoniy shaxslarni bunday mutaxassislar bilan ta’minlovchi, huquqiy maslahatlar beruvchi firmalar ko‘p.  Yuridik instituti bitiruvchilari esa shu firmalardan birida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlashlari ham mumkin. 

Bundan tashqari, hozir korxona va tashkilotlar o‘zlarining yuridik huquqlarini himoya qilishlari uchun yurist vazifasini joriy etishmoqda. Shu sababli mazkur soha vakillari bunday jamoalarda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. 

Yuridik institutda  tergov faoliyati o‘rgatilgani sababli bitiruvchilar Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura organlarining tergov boshqarmalarida ham faoliyat olib borishlari mumkin.

Oliygoh talabalarining o‘z mutaxassisliklarini mukammal egallashlari uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratilgan. Yotoqxonalar oxirgi zamon texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlangan. Hatto, yotoqxona eshigi yonida turib istalgan  xonadagi odamni chaqirib oladigan zamonaviy texnika qurilmasi ham  mavjud. 

Bo‘lajak yuristlarning o‘z tajribalarini oshirib borishlari uchun institut qoshida yuridik klinika tashkil etilgan bo‘lib, mazkur klinikaning vazifasi fuqarolarga huquqiy ko‘mak berishdan iborat.  Talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalari yordamida kimgadir yordam berish bilan birga, o‘z tajribalarini ham oshirib  boradilar.

O‘tgan yilgi qabul jarayonida institutga  88 nafar abituriyent grant asosida, 290 nafar yigit-qiz esa to‘lov-shartnoma asosida talabalar safiga qabul qilindi. 

Oliy o‘quv yurtining to‘lov-kontrakt qismiga o‘tish ballari 2010-2011 o‘quv yilida 152,0 ballni tashkil etgan bo‘lsa, 2011-12 o‘quv yilida 169,6 balldan iborat bo‘ldi. 

Mazkur institut  talabasi bo‘lish uchun abituriyentlar tarix, ona tili va adabiyot hamda ingliz tili fanlaridan imtihon topshirishadi.


Qidiruv
Kalendar
«  Mart 2024  »
yakDuSeChorPayJuShan
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31