Payshanba, 25-April-2024, 02:53
Assalomu alaykum, hurmatli Guest |RSS   
ZIYO
Sayt menyulari
Fikr-mulohazalar
200
So'rovnoma
O'zbekistondagi qaysi partiya sizningcha eng xalqchil?
Jami javoblar: 104
Statistika

Onlayndagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Ro'yxatdan o'tish

Main » 2012 » Fevral » 18 » 1000 ko'zguli uy
20:08
1000 ko'zguli uy

Qadim o‘tmish zamonda, uzoq chekka qishloqda ‘’1000 ko‘zguli uy ‘’deb nomlanuvchi makon bo‘lgan ekan. Hayotidan xursand bo‘lib kezadigan bir kuchukcha bu maskan haqida eshitib, o‘sha yerga oshiqibdi. Kuchuk o‘sha uyga kelib, xursandchilik bilan zinalardan ko‘tarilibdi. Quloqlari ding, dumlari o‘ynab turgan kuchukcha eshikni ohista ochib, ichkariga tezlik bilan kirib ketibdi. Ichkarida uni ajoyib sovg‘a kutib turgan edi. Unga dumlarini likkilatgan 1000 ta kuchukcha qarab turishardi. U itlarga tabassum sovg‘a qilgan edi. 1000 ta kuchukcha uning o‘ziga ham xuddi shunday tabassumni qayta sovg‘a qilishdi. Uydan ayrilarkan o‘z-o‘zicha dedi: "Qanday ajoyib maskan, bu yerga tez-tez kelib turish kerak ekan.”
Xuddi shu qishloqda hayotidan unchalik mamnun bo‘lmagan, har narsadan yomonlik topadigan boshqa bir kuchukcha ham yashar edi. U ham o‘sha 1000 ko‘zguli uyga sayohat qilmoqchi bo‘libdi. U zinalardan istaksizlarcha ko‘tarilib, boshini yerga eggan holda uyga kirib kelibdi. Uyga kirganda unga 1000 ta kuchuk norozi qiyofada boqib turar edi. U bu kuchuklarga jahl bilan irillagan edi, xuddi shunday mingta irillash javobini oldi. So‘ngra u zudlik bilan u uyni tark etarkan shunday xayol surdi: "Bunchalik fayzsiz joy, bu yerga qaytib kelganim bo‘lsin.” Ushbu hikoyadagi 1000 ko‘zguli uy biz yashayotgan dunyo. Undagi yuzlar esa o‘sha uydagi ko‘zgular hisoblanadi. Ularning yuzlarida esa siz o‘z aksingizni ko‘rasiz.
Views: 1816 | Added by: hamidziyo | Rating: 4.5/2
Total comments: 1
0  
1 hamidziyo   (18-February-2012 20:30) [Material]
dry dry happy

Only registered users can add comments.
[ Sign Up | Login ]
Qidiruv
Kalendar
«  Fevral 2012  »
yakDuSeChorPayJuShan
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272829